Сайтка кириу

Район хаккында

Amudaryo tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining janubiy-sharqida, Amudaryoning o’rta oqimida joylashgan. Tuman xududining asosiy qismi Amudaryoning chap qirg’ogida joylashgan bo’lib, o’ng qirg’okda joylashgan xudud bilan Qipchoq va Jumurtovdagi panton ko’prik orqali bog’langan. Janubiy-g’arb tomondan Turkmaniston Respublikasi Dashoguz viloyati Gubatag tumani, sharq tomondan Xorazm viloyati Gurlan tumani bilan, shimoli-sharq tomondan Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy va Qorao’zak tumanlari bilan chegaradosh.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining Farmoniga asosan  1957 yilning dekabrida tashkil etilgan.

Tuman xududidan viloyat qaramog’ida bo’lgan Mang’it-Urgench, Nukus-Mangit-Turtkul, Mangit-Dashoguz va Mangit-Gubatag yullari o’tgan. Shuningdek tuman hududidan umumiy uzunligi 39, 7 km bo’lgan Nukus-To’rtko’l yo’nalishidagi temir yo’l o’tgan.

Tuman xududi: 1021 kv.km. 2015 yil 1 yanvar holatiga aholisi soni 182,3 ming kishini tashkil etadi. Shundan 48,4 ming kishi shaharda, 133,9 ming kishi qishloqda yashaydi.

Tumanning ma’muriy markazi, aholisi 48,4 ming kishi bo’lgan, 1973 yilda shahar tipidagi poselkadan tuman qaramog’idagi shaharga aylantirilgan Mang’it shahridir. Tuman xududidan Nukus-Turtkul temir yul shahobchasi o’tgan.

Tumanda bitta tuman qaramog’idagi shahar, 30 ta mahalla, Jumurtov poselkasi, 3 ta shaharcha tipidagi posyolka va 16 ta ovul fuqarolar yig’inlari bor.